01:21 АЖОИБ ЛАТИФАЛАР | |
- Eshitishimcha, qo'shnilaring juda ahil, huddi qush kabutarlarday yashasharmish. - To'ppa-to'g'ri! Goh hotini oynadan otilib chiqadi, gohida eri. - Kecha bir do'stim bilan uzoq maslahatlashib, ichishni tashladik. - Zo'r-ku! Bugun yuvarkanmiz-da! - Sizni vegaterian deyishgandi, go'sht yeyabsiz-ku? - Bu quyon go'shti. Bu go'shtni men taom o'rnida emas, qasos olish uchun yeyapman. Tulkidan so'rashdi: - Itdan qochib qutulish uchun qancha ayyorlik ishlata olasan? - Yuzdan ortiq, lekin eng yaxshisi, unga ro'para bo'lmaslik. Qish. Izg'irin sovuq. Qor yog'yapti. O'rmonda jaxl otiga mingan ayiq u yoqdan bu yoqqa chopib qichqirardi: - Nima uchun senttabr oyida qahva ichdim-a? Bir bola o'rtog'iga maqtanyotganmish: "mani dadam sani dadanga qarz bergan" deb. O'rtog'i:" Zato, mani dadam sani dadanga qarzini bermaydi" deb. Eringiz qayerda? - Uyda, to'rt oyoqli do'sti bilan birga. - Itlaringiz yo'q edi, shekilli? - It emas, divanni aytyapman! Bo'g'irsoq xammomdan cho'milib chiqib, - Voy, boshimni yuvmapanku! Xar doim esdan chiqadi! deb yana xammomga kirib ketibdi.. Xo'roz musiqa maktabiga hujjat topshirvoti. O'qib nima qilasan? Tuppa-tuzuk qichqirasanku? - Nima qilay, tovuqlarar diploming bormi deb so'rashyapti! Bir kuni ota erka qiziga debdi - Bor hovlilarni supur. Qiz: - Vooy-debdi Shunda ota yana debdi - Unda idishlarni yuvib qo'y Qiz: - Vooy Ota achchiqlanib debdi: - Yana bir marta voy - voylasen erga berib yuboraman Qiz: Voy - voy- voy -voy!
| |
|
Всего комментариев: 0 | |